Asosiy matnga o‘tish
bitg
Yuklab olish

Foydalanish shartlari

bitg bepul va ochiq kodli. Dasturlar, sayt, brauzer kengaytmasi, Telegram bot yoki https://bitg.uz/mcp MCP serveridan foydalanib, siz shu shartlarga rozilik bildirasiz.

Xizmat

bitg o‘zbekcha matnni eski lotin alifbosi, kirill va 2026-yilda qabul qilingan yangi o‘zbek lotin alifbosi orasida o‘giradi. Xizmat bepul: akkaunt, obuna, reklama yoki pullik imkoniyat yo‘q.

Litsenziya

Manba kodi tanlovingizga ko‘ra MIT yoki Apache 2.0 litsenziyasi ostida. Lug‘at va shriftlarning o‘z litsenziyalari bor, ular repozitoriyda ko‘rsatilgan.

Ruxsat etilgan foydalanish

  • Sayt, Telegram bot yoki MCP server ishini buzishga, cheklovlarni chetlab o‘tishga yoki ular orqali qonunga zid matn ishlashga urinmang.
  • MCP server bitta so‘rovda 20 000 belgigacha va bitta manzildan daqiqasiga 120 tagacha so‘rov qabul qiladi. Katta hajmdagi avtomatik ish uchun ochiq kodli yadroni o‘zingiz ishga tushiring.
  • Boshqa foydalanuvchilarga zarar yetkazayotgan trafik cheklanishi yoki to‘sib qo‘yilishi mumkin.

Aniqlik

O‘girish qoidalarga asoslangan va lug‘atlar bilan tekshiriladi, lekin hech bir konvertor mukammal emas. Muhim hujjatlarni (huquqiy, rasmiy, moliyaviy) e’lon qilish yoki imzolashdan oldin ko‘zdan kechiring. bitg bilan yozilgan matn uchun siz javobgarsiz.

Kafolat yo‘q

bitg «boricha» (as is) beriladi, hech qanday kafolatsiz; mualliflar foydalanishdan kelib chiqqan zarar uchun yuqoridagi litsenziyalarda yozilganidek javobgar emas. Onlayn xizmatlar o‘zgarishi yoki vaqtincha ishlamasligi mumkin.

Maxfiylik

bitg’ning har bir qismi nimani ko‘rishi maxfiylik sahifasida yozilgan. Qisqasi: o‘girilgan matn saqlanmaydi.

O‘zgarishlar va aloqa

Shartlar yangilanishi mumkin; yuqoridagi sana amaldagi versiyani bildiradi. Savollar: tech@bitg.uz yoki GitHub Issues.

Yangilangan:

Bog‘liq sahifalar