bitg haqida
bitg — yozayotganingizda o‘zbek matnini 2026-yilgi yangi alifboga (ö ğ ş ç) avtomatik o‘giradigan bepul, ochiq kodli dastur. Maqsad bitta: yangi alifboga o‘tish odamlar uchun bir tugma bosishchalik oson bo‘lsin.
Nomi nimani anglatadi?
Bitig — qadimgi turkiy tilda «yozuv», «bitik». bitg — shu so‘zning qisqa shakli.
Nima qiladi?
- Windows klaviaturasi — eskicha yozganingizni so‘z tugashi bilan yangi alifboga o‘giradi, inglizcha so‘z va kodga tegmaydi.
- Onlayn konvertor — eski lotin va kirill matnni brauzerning o‘zida o‘giradi.
- Buyruq qatori — matn, .docx va .xlsx fayllarni o‘giradi.
- Telegram bot — xabarni yangi alifboda qaytaradi, istalgan chatda @bitguzbot matn deb ham ishlatiladi.
Hammasi bitta yadroda ishlaydi (Rust). Shuning uchun natija Windows’da, saytda va botda bir xil.
Ochiq kod
Butun kod github.com/dtwinuz/bitg da, MIT yoki Apache-2.0 litsenziyasi bilan. Lug‘at faqat ochiq manbalardan (CC0, CC BY) yig‘ilgan: Leipzig Corpora Collection, Mozilla Common Voice, Tatoeba va inglizcha SCOWL ro‘yxati. Kim xohlasa — tekshiradi, o‘zi quradi yoki o‘z dasturiga ulaydi.
Aniqlik qanday o‘lchanadi?
Har o‘zgarish 3 000 ta o‘zbekcha, 3 000 ta apostrofsiz va 3 000 ta inglizcha gapda tekshiriladi (bitg eval). Hozirgi natija: o‘zbekcha 98,87 %, apostrofsiz 81,3 %, inglizcha o‘zgarmay qolishi 99,73 %. Baholash to‘plami ochiq (CC BY 4.0) va lug‘atga kiritilmagan — natijani istalgan odam qayta chiqara oladi.
Kim qiladi?
bitg’ni dtwin jamoasi ishlab chiqadi. Loyiha mustaqil, davlat organlari bilan bog‘liq emas va rasmiy davlat dasturi hisoblanmaydi. Alifbo qoidalari bo‘yicha birlamchi manba — qonun matni.
Bog‘lanish
| Nima uchun | Qayerga |
|---|---|
| Yangiliklar | Telegram kanal @bitguz |
| Xato yoki taklif | GitHub Issues |
| Noto‘g‘ri o‘girilgan so‘z | GitHub Issues — so‘z, kutilgan natija va dastur nomini yozing |
Yangilangan: