Asosiy matnga o‘tish
bitg
Yuklab olish

Yangi alifbo klaviaturasi: qaysi qurilmada nima bor

Yangi harflarni yozishning ikki yo‘li bor: tartib (har harfga alohida tugma — o‘rganish kerak) va avtomatik o‘girish (eskicha yozasiz, dastur o‘zi o‘giradi). bitg Windows’da ikkalasini ham beradi.

Qurilmalar bo‘yicha

QurilmabitgHozir nima qilish mumkin
Windows 10 / 11Borbitg’ni o‘rnating: avtomatik o‘girish + tayyor tartiblar
MacReja«Turkish Q» tartibi yoki Option tugmasi bilan (yo‘riqnoma)
Linux (Ubuntu)RejaIBus / Fcitx5 uchun bitg dvigateli rejada; hozircha turkcha tartib
AndroidRejaGboard’da turkcha (Türkçe) klaviatura
iPhoneRejaiOS’da turkcha (Türkçe) klaviatura

Tartib yoki avtomatik o‘girish?

Ko‘p yozadigan odamga avtomatik o‘girish qulayroq: barmoqlar eski joyida qoladi, inglizcha so‘zlar buzilmaydi. Tartib esa har harfni aniq nazorat qilishni xohlaganlar uchun.

Klaviatura tartibiAvtomatik o‘girish (bitg)
O‘rganishyangi tugmalarni yodlash kerakkerak emas — eskicha yozasiz
Inglizcha so‘zlaro‘zgarmaydi (tugma bosilmasa)o‘zgarmaydi — so‘z tekshiriladi
Xato o‘girishbo‘lmaydiBackspace bilan bir zumda qaytadi
Qavslar va belgilarko‘pincha AltGr’ga ko‘chadijoyida qoladi

bitg’da ikkalasi ham bor va alohida yoqiladi: «Avtomatik o‘girish» va «Yangi harflar tugmada».

Tartiblar taqqoslash

TartibYangi harflar qayerdaIzoh
Tilmoch (bitg’da standart)[ ö · ] ğ · ; ş · ' ç · ` ʼtilmoch.ai asosida; qavslar AltGr bilan
kiritish.uz («Özbekça - yangi»)Tilmoch bilan deyarli bir xilAltGr bilan “ ” ‘ ’ va tire
TezYechim («Özbek lotin 2026»)[ ç · ] ö · - ğ · = ştutuq — o‘ng Alt + '
Turkcha Q, ö · [ ğ · ; ş · . çWindows, Mac, telefonda tayyor; i → ı
Faqat AltGro‘ng Alt + O G S Chech bir tugma joyidan ko‘chmaydi
Maxsuso‘zingiz tanlaysizbitg oynasida tugmani bosib, istalgan belgini berasiz

Yuqoridagi barcha tartiblar bitg ichida bor (Windows). Tilmoch, Turkcha Q va AltGr ni bosh sahifadagi jonli klaviaturada hozirning o‘zida sinab ko‘rishingiz mumkin.

Windows uchun bitg

Bepul, ochiq kod, internetsiz. O‘rnatish — bir daqiqa.

Yangilangan:

Bog‘liq sahifalar