Asosiy matnga o‘tish
bitg
Yuklab olish

Windows uchun yangi alifbo klaviaturasi

bitg — Windows’ning o‘z kiritish usuli (TSF). Uni bir marta tanlaysiz va keyin Word, Telegram, brauzer — hamma joyda eskicha yozasiz: «o‘zbek» → «özbek», «shahar» → «şahar».

Qanday ishlaydi?

Siz harflarni odatdagidek bosasiz. So‘z tugagach (probel, nuqta, vergul), bitg o‘sha so‘zni tekshiradi: o‘zbekcha bo‘lsa — yangi alifboga o‘giradi, inglizcha yoki havola bo‘lsa — tegmaydi.

YozasizChiqadi
O‘zbekiston shaharlariÖzbekiston şaharlari
Please check the schedule, keyin choy ichamizPlease check the schedule, keyin çoy içamiz
ma'no, san'atmaʼno, sanʼat
https://example.com/shophttps://example.com/shop

O‘rnatish va tanlash

  1. MSI faylni yuklab oling va oching. O‘rnatuvchi klaviaturani «O‘zbek (lotin)» tiliga o‘zi qo‘shadi.
  2. Win + Probel bosib, ro‘yxatdan «bitg» ni tanlang.
  3. Yozing. Til panelida bitg tanlangan har oynada o‘girish ishlaydi.

Keraksiz joyga tegmaydi

  • Inglizcha so‘zlar — check, shop, chat o‘zgarmaydi. bitg o‘zbek va ingliz lug‘ati, qo‘shimchalar va gap kontekstiga qaraydi: «Menga chat yozing» qoladi, «Menga choy yozing» → «Menga çoy yozing».
  • Havola, email, kod — URL, @user, #teg, snake_case, camelCase, parolga o‘xshash so‘zlar.
  • Brendlar — Photoshop, Chevrolet, Toshiba qo‘shimcha bilan ham o‘girilmaydi.
  • Terminallar — Windows Terminal, PuTTY va boshqalarda standart holatda o‘chiq.

Xato o‘girsa nima qilaman?

So‘z o‘girilgandan keyin darhol Backspace bosing — asl so‘z qaytadi va shu dasturda boshqa o‘girilmaydi. Doimiy istisnolar ro‘yxati sozlamalarda (Istisnolar bo‘limi) — u yerda so‘z qo‘shasiz yoki o‘chirasiz.

Harfni bitta tugma bilan yozish

Sozlamalar → Klaviatura: «Yangi harflar tugmada» yoqilsa, tugma darhol yangi harfni yozadi. Tayyor tartiblar: Tilmoch ([ ö, ] ğ, ; ş, ' ç), kiritish.uz, TezYechim, Turkcha Q, faqat AltGr, kirill va o‘zingiz tuzadigan maxsus tartib. Taqqoslash: klaviatura tartiblari.

Tayyor matnni o‘girish: Ctrl + Shift + Y

Istalgan dasturda matnni belgilab Ctrl + Shift + Y bosing — u o‘sha joyda yangi alifboga o‘tadi (bitg klaviaturasi tanlanmagan bo‘lsa ham). Tugmani sozlamalarda almashtirish mumkin. Butun hujjat yoki jadval uchun: buyruq qatoridagi bitg file hujjat.docx (formatlash joyida qoladi).

Qaysi dasturlarda ishlaydi?

Dastur turiHolat
Word, Chrome, Edge, zamonaviy Windows ilovalariTo‘liq ishlaydi
Telegram Desktop va boshqa Qt dasturlariZaxira yo‘l bilan ishlaydi (so‘z probeldan keyin qayta yoziladi)
TerminallarStandart holatda o‘chiq, sozlamadan yoqiladi

Muammo bo‘lsa, GitHub’da yoki Telegram’da yozing. Tez-tez beriladigan holat: so‘zlar o‘girilmayapti — til panelida bitg tanlanganini tekshiring (Win + Probel).

Matnim qayerga ketadi?

Hech qayerga. bitg internetga ulanmaydi, yozilgan matnni saqlamaydi. Log faylida faqat dastur nomi va natija (masalan, «converted») bo‘ladi. Batafsil: maxfiylik.

Yangilangan:

Bog‘liq sahifalar