bitg’ni Windows uchun yuklab olish
Bitta fayl, bir daqiqa: o‘rnating, Win + Probel bilan bitg’ni tanlang va odatdagidek yozavering — so‘z tugashi bilan yangi alifboga o‘tadi.
75354713cee586424d5050257b251d68e9cc8f2849877621a8004b2f9f1c8654
Boshqa yo‘l: GitHub Releases sahifasida ham shu fayl va .sha256 turadi. Manba kodi ochiq — o‘zingiz qurishingiz ham mumkin.
O‘rnatish: 3 qadam
- Faylni oching. Yuklangan
bitg-0.1.0-x64.msini ikki marta bosing. O‘rnatuvchi barcha foydalanuvchilar uchun ishlaydi. - bitg o‘zi ochiladi. O‘rnatish oxirida bitg ishga tushadi va klaviaturani «O‘zbek (lotin)» tiliga o‘zi qo‘shadi.
- Klaviaturani tanlang. Win + Probel bosib, ro‘yxatdan «bitg» ni tanlang. Endi istalgan dasturda eskicha yozing — «o‘zbek» → «özbek».
Yangilash ham shu yo‘l bilan: yangi MSI’ni oching. Ochiq dasturlarni (Chrome, Telegram) yopish va kompyuterni qayta yuklash shart emas.
«Windows kompyuteringizni himoya qildi» oynasi chiqsa
Beta o‘rnatuvchi hozircha raqamli imzosiz, shuning uchun SmartScreen notanish nashriyotchi haqida ogohlantiradi. Oynada «Batafsil» → «Baribir ishga tushirish» ni bosing.
Fayl aynan biznikimi — tekshirish oson. PowerShell’da:
Get-FileHash .\bitg-0.1.0-x64.msi -Algorithm SHA256
Chiqqan qiymat yuqoridagi SHA-256 bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bir belgi farq qilsa ham faylni ochmang va bizga Telegram orqali yozing.
Tizim talablari
| Nima | Talab |
|---|---|
| Windows | Windows 10 yoki 11, 64-bit (x64) |
| Hajm | 6,0 MB o‘rnatuvchi |
| Internet | Kerak emas: o‘girish kompyuterning o‘zida bo‘ladi |
| Administrator | O‘rnatish uchun kerak (dastur C:\Program Files\bitg\ ga yoziladi) |
Qaysi dasturlarda ishlaydi?
bitg — Windows kiritish usuli (TSF). Word, Chrome va Edge, zamonaviy Windows ilovalarida to‘liq ishlaydi. Telegram Desktop kabi Qt dasturlarida zaxira yo‘l bilan ishlaydi. Terminallarda (Windows Terminal, PuTTY) standart holatda o‘chiq — u yerda buyruq va parol yoziladi; xohlasangiz sozlamalardan yoqasiz. Batafsil: Windows klaviaturasi.
Kompaniyada ommaviy o‘rnatish
GPO, Intune, SCCM yoki PDQ orqali jim o‘rnatish:
msiexec /i bitg-0.1.0-x64.msi /qn /l*v bitg-install.log
msiexec /i bitg-0.1.0-x64.msi /qn AUTOSTART=0 ADDKEYBOARD=0
msiexec /x bitg-0.1.0-x64.msi /qn
AUTOSTART=0 — tray ilovasi Windows bilan ishga tushmaydi, ADDKEYBOARD=0 — klaviatura foydalanuvchining tillar ro‘yxatiga avtomatik qo‘shilmaydi. Qaytish kodlari standart: 0 muvaffaqiyat, 3010 qayta yuklash tavsiya etiladi, 1603 xato (sababi logda).
O‘chirish
Sozlamalar → Ilovalar → bitg → O‘chirish (yoki msiexec /x). Dastur ochiq oynalarda yuklangan bo‘lsa, o‘chirish bir daqiqagacha cho‘zilishi mumkin — qayta yuklash kerak emas. Shaxsiy sozlamalar (%APPDATA%\bitg) saqlanib qoladi.
Boshqa qurilmalar
| Qurilma | Holat |
|---|---|
| Windows 10 / 11 | Hozir |
| Buyruq qatori (fayl va matnni o‘girish) | Hozir — GitHub |
| Linux (IBus, Fcitx5) | Reja |
| iPhone, Android, Mac | Reja — hozircha qo‘lda yozish yo‘llari |
Yangilangan: