Asosiy matnga o‘tish
bitg
Yuklab olish

Yangi alifbo qonuni O‘RQ-1184: sanalar va mazmuni

Qonun O‘RQ-1184 1993-yilgi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritadi. U 2026-yil 21-oktabr imzolangan va 2027-yil 22-aprel kuchga kiradi.

Asosiy sanalar

SanaNima bo‘ldi
2026-yil 7-iyulOliy Majlis Qonunchilik palatasi qabul qildi
2026-yil 10-sentabrSenat ma’qulladi
2026-yil 21-oktabrPrezident imzoladi (O‘zbek tili bayrami kuni), shu kuni Milliy huquq bazasiga kiritildi
2 oy ichidaVazirlar Mahkamasi amalga oshirish dasturini ishlab chiqib tasdiqlaydi
2027-yil 22-aprelQonun kuchga kiradi (rasmiy e’lon qilingandan 6 oy o‘tib)
161kun qoldi

Qonun nimani o‘zgartiradi?

Alifbo jadvalini: O‘ → Ö, G‘ → Ğ, Sh → Ş, Ch → Ç, Ng mustaqil harf sifatida chiqariladi, tutuq belgisi (ʼ) qoladi. Yangi alifbo 28 harf va bitta belgidan iborat.

To‘liq alifbo va misollar: Yangi o‘zbek alifbosi.

Qonun 4 moddada

ModdaMazmuni (qisqacha)
1-moddaYangi alifbo jadvali: 28 harf va tutuq belgisi.
2-moddaKuchga kirgunga qadar eski lotinda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Davlat organlarining eski harfli emblema, peshlavha va lavhalari eskirguncha yoki hukumat dasturidagi muddatgacha ishlatilishi mumkin.
3-moddaVazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
4-moddaQonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

Bu — qisqa bayon. Huquqiy ahamiyatga ega matn faqat lex.uz dagi rasmiy nashr.

Nima o‘zgarmaydi?

  • Hujjatlar — qonun kuchga kirgunga qadar eski lotinda rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘z kuchida qoladi. Anhor.uz izohiga ko‘ra, pasport va diplomni shu sabab almashtirish kerak emas.
  • Pul va qimmatli qog‘ozlar — muomalada qoladi.
  • Qolgan harflar — A, B, D, E va boshqa 24 harf avvalgidek.

Hukumat dasturida nima bo‘ladi?

Qonun Vazirlar Mahkamasiga ikki oy ichida dastur tasdiqlashni topshiradi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, darsliklar, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar foydalanish muddati tugagach bosqichma-bosqich yangilanadi. Aniq muddatlar dastur e’lon qilingach shu sahifada yangilanadi.

Kompyuter va telefonlar uchun nimani anglatadi?

Ö, Ğ, Ş, Ç — Unicode’da allaqachon bor harflar (turk, ozarbayjon va boshqa tillarda ishlatiladi). Shuning uchun shriftlar, saytlar va dasturlar ularni hozirning o‘zida ko‘rsatadi. Qiyini — yozish: oddiy klaviaturada bu harflar yo‘q. Yechimlar: Ş, Ç, Ğ, Ö qanday yoziladi, klaviatura tartiblari va eskicha yozganingizni o‘zi o‘giradigan bitg.

Yangilangan:

Manbalar

  1. O‘RQ-1184 qonuni matni — lex.uz (Milliy huquq bazasi) — rasmiy matn, kuchga kirish sanasi
  2. O‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun imzolandi — gov.uz — 2026-10-21
  3. Qonun prezident tomonidan imzolandi — kun.uz — 2026-10-21
  4. Uzbekistan updates its Latin-based alphabet — UzA — 2026-10-21
  5. Amaldagi hujjatlar va pullar o‘z kuchida qoladi — anhor.uz — 2026-10-21

Bog‘liq sahifalar