Asosiy matnga o‘tish
bitg
Yuklab olish

Maxfiylik: bitg matningizni saqlamaydi

Qisqasi: Windows dasturi va onlayn konvertor matningizni hech qayerga yubormaydi va saqlamaydi. O‘girish sizning kompyuteringizda bo‘ladi. Quyida har qism bo‘yicha aniq.

Windows dasturi

  • Tarmoq yo‘q. O‘girish yadrosi dasturning ichida, internetga ulanmaydi.
  • Matn saqlanmaydi. Log faylida (%LOCALAPPDATA%\bitg\tsf.log) faqat vaqt, dastur nomi va natija bo‘ladi (masalan, «converted»). Yozgan so‘zlaringiz unga tushmaydi.
  • Sozlamalar sizning kompyuteringizda: %APPDATA%\bitg\settings.ini va istisnolar ro‘yxati exceptions.txt. Istisnoga faqat siz qo‘shgan yoki «qaytarilgan so‘zni yozish» yoqilganda qaytargan so‘zingiz yoziladi.
  • Clipboard faqat Ctrl + Shift + Y bosilganda ishlatiladi: belgilangan matn olinadi, o‘giriladi, joyiga qo‘yiladi va avvalgi nusxa qaytariladi.
  • Terminallar (Windows Terminal, PuTTY va boshqalar) — u yerda buyruq va parol yoziladi, shuning uchun bitg standart holatda o‘chiq.

Onlayn konvertor

Sahifa bitg yadrosini (WebAssembly fayli) bir marta yuklab oladi, so‘ng matn brauzerning o‘zida o‘giriladi. Matn serverga yuborilmaydi — saytning xavfsizlik siyosati (CSP) sahifaga faqat o‘z serveriga murojaat qilishga ruxsat beradi, konvertor esa matn bilan hech qanday so‘rov yubormaydi.

Telegram bot

Botga yuborilgan xabar o‘girish uchun Telegram orqali botga keladi — bu Telegram’ning ishlash usuli. Bot xabar matnini saqlamaydi va logga yozmaydi; faqat umumiy sanoq yuritiladi (nechta xabar). Maxfiy matnni botga emas, konvertorga yoki Windows dasturiga bering.

Sayt

  • Cookie, reklama va tashqi analitika yo‘q.
  • Brauzeringizda faqat ikki sozlama saqlanadi: mavzu (yorug‘/qorong‘i) va sahifa alifbosi (eski/yangi).
  • Server oddiy kirish jurnalini yuritadi (IP manzil, ochilgan sahifa, vaqt, brauzer turi) va uni 30 kun saqlaydi — xavfsizlik va xatolarni topish uchun. Manzildagi uzun tokenlar jurnalda yashiriladi.

Savol bo‘lsa

GitHub Issues orqali yozing. Kod ochiq — yuqoridagilarni manba kodidan o‘zingiz tekshirishingiz mumkin.

Yangilangan:

Bog‘liq sahifalar