Matnni yangi alifboga o‘girish — onlayn konvertor
Matnni chap tomonga yozing yoki joylang — o‘ngda yangi alifbodagi shakli chiqadi. O‘girish brauzeringizning o‘zida, bitg yadrosi bilan bo‘ladi: matn hech qayerga yuborilmaydi.
Konvertor nima qiladi?
Har bir so‘zni alohida tekshiradi va faqat o‘zbekcha so‘zlarda o‘ → ö, g‘ → ğ, sh → ş, ch → ç almashtiradi, tutuq belgisini ʼ ga keltiradi. Inglizcha so‘z, havola, email va kod o‘zgarmaydi.
| Kiritish | Natija | Nega |
|---|---|---|
| O‘zbekiston shaharlari | Özbekiston şaharlari | o‘ → ö, sh → ş |
| Please check the schedule | Please check the schedule | inglizcha — tegilmaydi |
| keyin choy ichamiz | keyin çoy içamiz | ch → ç |
| чой ичамиз | çoy içamiz | kirill → yangi lotin |
| Is’hoq | Ishoq | s va h alohida tovush — ş bo‘lmaydi |
Misollar bitg yadrosining haqiqiy chiqishidan olingan. Yuqoridagi maydonda o‘z matningiz bilan tekshirib ko‘ring.
Kirill matnni ham o‘giradimi?
Ha. Kirill matn yangi lotinga eng aniq yo‘l bilan o‘tadi, chunki kirillda ш, ч, ў, ғ alohida harf — taxmin kerak emas. «Kirillni o‘girish» belgisini olib tashlasangiz, kirill so‘zlar o‘zgarmay qoladi.
Yangi alifbodan eskisiga qaytarish mumkinmi?
Ha, «Yangi → Eski» yo‘nalishi bor: Özbekiston şaharlari → Oʻzbekiston shaharlari. Bu o‘tish davrida eski imlodagi saytlar va hujjatlar uchun kerak bo‘ladi. «Lotin → Kirill» esa eski yoki yangi lotin matnni o‘zbek kirilliga o‘giradi.
Apostrofsiz yozilgan matn-chi?
Ko‘pchilik telefonda «ozbek», «togri» deb yozadi. «Apostrofni tiklash» yoqiq bo‘lsa, bitg so‘z lug‘atda aniq bo‘lgan holda ozbek → özbek qiladi. Ikki ma’noli so‘zlarda (qol / qo‘l, oz / o‘z) taxmin qilmaydi. O‘lchovimizda apostrofsiz gaplarning 81,3 % i to‘liq to‘g‘ri chiqadi — bu yerda natijani ko‘z bilan tekshirib oling.
Matnim xavfsizmi?
Ha. Sahifa bitg yadrosini (Rust → WebAssembly) bir marta yuklab oladi va o‘girish shu kompyuterda bo‘ladi. Matn serverga yuborilmaydi va saqlanmaydi — buni brauzerning «Tarmoq» oynasida tekshirishingiz mumkin. Batafsil: maxfiylik.
Har safar nusxalab o‘tirmang
bitg Windows’da yozayotganingizda o‘zi o‘giradi — Word, Telegram, brauzer, hamma joyda.
Yangilangan: