Asosiy matnga o‘tish
bitg
Yuklab olish

Kirilldan yangi lotin alifbosiga: harflar jadvali

Kirill matnni yangi lotinga o‘girish eng aniq yo‘l: kirillda ш, ч, ў, ғ alohida harf, shuning uchun taxmin kerak emas. Ўзбекистон шаҳарлари → Özbekiston şaharlari.

Harflar jadvali

Qonun yangi lotin alifbosini belgilaydi, lekin kirill bilan moslik jadvalini bermaydi. Quyidagi jadval — bitg va onlayn konvertor ishlatadigan qoidalar. Ular o‘zbek kirilli va lotinining odatdagi mosligiga asoslangan, faqat to‘rt harf yangi alifboda: Ў → Ö, Ғ → Ğ, Ш → Ş, Ч → Ç.

KirillYangi lotinMisol
Ў ўÖ öўқитувчи → öqituvçi
Ғ ғĞ ğтоғ → toğ
Ш шŞ şшаҳар → şahar
Ч чÇ çчой → çoy
Қ қQ qқишлоқ → qişloq
Ҳ ҳH hҳаёт → hayot
Х хX xхат → xat
Ё ёYo yoЁқубжон → Yoqubjon
Ю юYu yuЮсуф → Yusuf
Я яYa yaянги → yangi
Й йY yйил → yil
Ж жJ jжон → jon
Э эE eэълон → eʼlon
Ъ ъʼ (tutuq)маъно → maʼno
Ь ь— (yozilmaydi)сентябрь → sentyabr
Щ щŞç şçruscha so‘zlarda
Ы ыI iruscha so‘zlarda

Qolgan harflar (А Б В Г Д З И К Л М Н О П Р С Т У Ф) bir xil lotin harfiga o‘tadi: а → a, б → b, в → v va hokazo.

Qoidaga bog‘liq harflar: Е, Ц, Ъ

HarfQoidaMisol
Е еso‘z boshida, unli, ъ yoki ь dan keyin — ye; boshqa joyda — eер → yer, поезд → poyezd, келди → keldi
Ц цunlidan keyin — ts; boshqa joyda (so‘z boshi, undoshdan keyin) — sлицей → litsey, цирк → sirk
Ъ ъtutuq belgisi ʼ (U+02BC)санъат → sanʼat, мўъжиза → möʼjiza

Katta harflar ham to‘g‘ri chiqadi: butun so‘z katta bo‘lsa ЯНГИ → YANGI, faqat birinchi harf katta bo‘lsa Янги → Yangi.

Kirilldan o‘girish nega aniqroq?

Eski lotinda sh ikki xil o‘qiladi: shahar da bitta tovush (ş), Ishoq da esa s va h alohida. Kirillda bu farq yozuvda bor: шаҳар va Исҳоқ. Shuning uchun Исҳоқ → Ishoq to‘g‘ri chiqadi, ş ga aylanmaydi. Tutuq belgisi ham kirillda alohida (ъ), apostrof bilan chalkashmaydi.

Qanday o‘giraman?

  • Onlayn konvertor — kirill matnni joylang, «Eski / kirill → Yangi» yo‘nalishida yangi lotin chiqadi. «Kirillni o‘girish» belgisini olib tashlasangiz, kirill so‘zlar o‘zgarmay qoladi. Matn brauzerdan chiqmaydi.
  • Telegram bot @bitguzbot — kirill matnni yuboring, yangi lotinda qaytaradi.
  • bitg dasturi (Windows, Mac, Linux) — kirill tartibida yozsangiz ham, so‘z tugashi bilan yangi lotinga o‘tadi: чой шаҳар → çoy şahar. Butun hujjat uchun: bitg file hujjat.docx.

Matndagi lotin harfli so‘zlar (World, havolalar) va raqamlar o‘zgarmaydi: Салом, World! 2026 → Salom, World! 2026. Teskari yo‘nalish ham bor: konvertordagi «Lotin → Kirill».

Nima tiklanmaydi?

Kirilldan lotinga o‘tishda ba’zi farqlar yo‘qoladi: ь yozilmaydi, so‘z boshidagi ц s bo‘ladi (цирк → sirk). Shu sabab natijani yana kirillga qaytarsangiz, ba’zi ruscha o‘zlashma so‘zlar asl kirill shakliga to‘liq qaytmaydi.

Savollar

Kirill matnni yangi lotin alifbosiga qanday o‘giraman?

Matnni bitg.uz/konvertor sahifasiga joylang yoki Telegram’da @bitguzbot ga yuboring — u darhol yangi lotinda qaytadi: чой → çoy, шаҳар → şahar, Ўзбекистон → Özbekiston. Kompyuterda bitg dasturi kirillda yozilgan so‘zni ham o‘giradi.

Kirilldagi Ш, Ч, Ў, Ғ yangi alifboda qanday yoziladi?

Ш → Ş, Ч → Ç, Ў → Ö, Ғ → Ğ. Eski lotindagi sh, ch, o‘, g‘ o‘rniga endi bitta belgili harf yoziladi. Qolgan harflar eski lotindagidek: Қ → Q, Ҳ → H, Х → X.

Ъ belgisi yangi alifboda nima bo‘ladi?

Ъ tutuq belgisi ʼ (U+02BC) bo‘lib yoziladi: маъно → maʼno, санъат → sanʼat. Yangi alifboda tutuq belgisi saqlanib qolgan.

Е harfi qachon ye, qachon e bo‘ladi?

So‘z boshida va unli harfdan keyin Е — ye: ер → yer, поезд → poyezd. Undoshdan keyin — e: келди → keldi.

Yangilangan:

Manbalar

  1. O‘RQ-1184 qonuni matni — lex.uz — 1-modda: yangi lotin alifbosi jadvali
  2. bitg: kirill → yangi lotin qoidalari (cyrillic.rs) — GitHub — jadval va sinovlar
  3. bitg README: kirill alifbosiga — GitHub — teskari yo‘nalish (lotin → kirill)

Bog‘liq sahifalar