Asosiy matnga o‘tish
bitg
Yuklab olish

Linux’da yangi alifboda yozish: IBus, Fcitx5, Compose

bitg Linux’da kiritish usuli sifatida ishlaydi: eskicha yozasiz, so‘z tugashi bilan shahar → şahar. Dasturisiz yo‘llar ham bor — Turkish Q tartibi va Compose tugmasi.

Qisqa javob

Tizimbitg (avtomatik)Dasturisiz
Ubuntu, Debian (GNOME)IBus: .deb yoki apt omboriTurkish Q yoki Compose
KDE va boshqa Fcitx5 muhitlarFcitx5 qo‘shimchasi (sinov)Turkish Q yoki Compose
Arch, Manjaro, EndeavourOSPKGBUILD; pacman ombori — 0.5.0 danTurkish Q yoki Compose

Talab: Ubuntu 22.04+ yoki Debian 12+ (x64). Har PR’da Ubuntu 22.04 va 24.04 da IBus avtomatik sinovdan o‘tadi.

Ubuntu va Debian: bitg (IBus)

  1. O‘rnating. bitg_0.5.0_amd64.deb (1,7 MB) ni yuklab oling: sudo apt install ./bitg_0.5.0_amd64.deb, so‘ng ibus restart (yoki tizimdan chiqib qayta kiring).
  2. Kiritish manbasini qo‘shing. Sozlamalar → Klaviatura → Kiritish manbasi qo‘shish → O‘zbek → bitg.
  3. Tanlang va yozing. Super + Probel bilan bitg’ga o‘ting. Yuqori paneldagi til belgisida «ö» turadi.

bitg o‘z tartibiga ega emas — joriy tartibning harflarini oladi. Kirill tartibidan bitg’ga o‘tsangiz, kirillcha yozasiz va so‘z ham yangi lotinga o‘tadi: чой шаҳар → çoy şahar. Parol, PIN, email maydonlari va terminallarda bitg o‘chiq.

apt ombori: o‘zi yangilanib tursin

Ombor imzolangan, kalit izi: 9EA5 79E2 9EC7 A7B1 1FC1 B02F BB03 FCBA D1C7 CB35.

sudo install -d -m 0755 /etc/apt/keyrings
curl -fsSL https://bitg.uz/apt/bitg.gpg | sudo tee /etc/apt/keyrings/bitg.gpg >/dev/null
echo "deb [arch=amd64 signed-by=/etc/apt/keyrings/bitg.gpg] https://bitg.uz/apt stable main" \
  | sudo tee /etc/apt/sources.list.d/bitg.list
sudo apt update && sudo apt install bitg

Keyingi versiyalar odatdagi sudo apt upgrade bilan keladi. Fcitx5 uchun paket nomi: fcitx5-bitg.

KDE va Fcitx5

Fcitx5 ishlatsangiz (KDE Plasma va boshqalar), fcitx5-bitg_0.5.0_amd64.deb ni o‘rnating (yoki apt omboridan sudo apt install fcitx5-bitg), so‘ng fcitx5-configtool da «bitg» ni qo‘shing.

Fcitx5 qo‘shimchasi sinov bosqichida: CI’da paket o‘rnatilishi va kutubxona yuklanishi tekshiriladi, lekin Fcitx5’da yozish hali avtomatik sinalmaydi. Natijani GitHub’da yozing.

Arch Linux, Manjaro, EndeavourOS

bitg 0.5.0 dan Arch uchun o‘z pacman ombori (bitg.uz/arch) bilan keladi: bir marta ulanadi, keyin sudo pacman -Syu bilan yangilanadi. Ikkita paket: bitg (IBus va CLI) va fcitx5-bitg. AUR’da hali yo‘q. Ombor ochilgunga qadar paketni manbadan o‘zingiz yig‘ishingiz mumkin:

git clone --depth 1 https://github.com/dtwinuz/bitg.git && cd bitg/packaging/aur
makepkg --syncdeps
sudo pacman -U bitg-[0-9]*.pkg.tar.zst
ibus restart

Arch Linux: pacman ombori

Arch, Manjaro va EndeavourOS uchun. Bir marta ulang — keyingi versiyalar sudo pacman -Syu bilan keladi. Paket va ombor bazasi bizning kalitimiz bilan imzolangan; pacman imzosi mos kelmagan faylni o‘rnatmaydi.

curl -fsSL https://bitg.uz/arch/bitg.asc | sudo pacman-key --add -
sudo pacman-key --lsign-key 9EA579E29EC7A7B11FC1B02FBB03FCBAD1C7CB35
printf '\n[bitg]\nServer = https://bitg.uz/arch/$arch\n' | sudo tee -a /etc/pacman.conf
sudo pacman -Sy bitg
ibus restart

Fcitx5 uchun: sudo pacman -S fcitx5-bitg. Kalit apt ombori bilan bir xil, izi: 9EA5 79E2 9EC7 A7B1 1FC1 B02F BB03 FCBA D1C7 CB35. Omborni olib tashlash: /etc/pacman.conf dan [bitg] bo‘limini o‘chiring va sudo pacman-key --delete 9EA579E29EC7A7B11FC1B02FBB03FCBAD1C7CB35.

Keyman: tayyor tartib

Avtomatik o‘girish emas, har harfni o‘zingiz bosmoqchi bo‘lsangiz, bepul Keyman dasturiga bitg jamoasi tayyorlagan Uzbek Latin 2026 klaviaturasini o‘rnating (Linux uchun ham bor). Tartib bitg’dagi «taklif» bilan bir xil: [ → ö, ] → ğ, ; → ş, ' → ç, \ → ʼ; o‘rniga ketgan belgilar o‘ng Alt bilan yoziladi. Bu tartib Senatda ko‘rsatilgan maketga asoslangan, rasmiy standart hali chiqmagan.

Dasturisiz: Turkish Q tartibi

Sozlamalar → Klaviatura → Kiritish manbasi qo‘shish → Turkcha (Turkish Q). Unda ö ğ ş ç alohida tugmada turadi. Kamchiligi: ba’zi belgilar ko‘chadi, i esa nuqtasiz ı yozadi.

Dasturisiz: Compose tugmasi

Compose tugmasi bosilgach, keyingi ikki tugma bitta belgiga birlashadi. GNOME’da yoqish: Sozlamalar → Klaviatura → «Maxsus belgilar yozish» bo‘limidagi Compose Key → qaysi tugma bo‘lishini tanlang (masalan, o‘ng Alt).

HarfKichikBosh harf
öCompose " oCompose " O
ğCompose U g yoki Compose b gCompose U G
şCompose , sCompose , S
çCompose , cCompose , C

Bu birikmalar X11’ning standart Compose jadvalidan (en_US.UTF-8). Yana bir yo‘l — Unicode kodi: Ctrl + Shift + U, keyin to‘rt belgili kod va Probel: 011f → ğ, 015f → ş, 02bc → ʼ.

Savollar

Ubuntu’da yangi alifboda qanday yozaman?

bitg .deb paketini o‘rnating (sudo apt install ./bitg_…_amd64.deb), so‘ng Sozlamalar → Klaviatura → Kiritish manbasi qo‘shish → O‘zbek → bitg ni tanlang va Super + Probel bilan almashing. Eskicha yozasiz, so‘z tugashi bilan ö ğ ş ç ga o‘tadi.

KDE’da bitg ishlaydimi?

KDE odatda Fcitx5 ishlatadi. Buning uchun alohida fcitx5-bitg paketi bor, uni fcitx5-configtool da qo‘shasiz. Bu qo‘shimcha hozircha sinov bosqichida.

Arch Linux uchun bitg bormi?

Ha. bitg 0.5.0 dan bitg.uz/arch pacman ombori bilan keladi (bitg va fcitx5-bitg paketlari). Unga qadar packaging/aur papkasidagi PKGBUILD bilan makepkg orqali o‘zingiz yig‘asiz. AUR’da hozircha yo‘q.

Compose tugmasi bilan ş qanday yoziladi?

Compose, keyin vergul, keyin s: ş chiqadi. ç uchun Compose, vergul, c; ğ uchun Compose, U, g; ö uchun Compose, qo‘shtirnoq, o. GNOME’da Compose tugmasi Sozlamalar → Klaviatura bo‘limida yoqiladi.

bitg’ni Linux’ga o‘rnating

IBus va Fcitx5 uchun. Bepul, internetsiz, ochiq kod.

Yangilangan:

Manbalar

  1. Uzbek Latin 2026 klaviaturasi — keyman.com — MIT, bitg jamoasi
  2. bitg README: Linux’ga o‘rnatish — GitHub — IBus, Fcitx5, apt ombori, Arch PKGBUILD
  3. libX11 Compose jadvali (en_US.UTF-8) — freedesktop.org — ö, ğ, ş, ç birikmalari
  4. Insert special characters — GNOME Help — Compose tugmasini yoqish, Ctrl+Shift+U
  5. bitg CHANGELOG — GitHub — Arch pacman ombori (keyingi reliz)

Bog‘liq sahifalar